Yangiliklar

Vilnius Baldai korxonasi
Vilnius Texnika Universitetida davom etayotgan MechaUz loyihasining 3-uchrashuvi va 1-trening yig'ilishining uchunchi kunida ishtirokchilar Vilnius Baldai mebel fabrikasiga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish va ta'lim integratsiyasining muofiqligini o'rganish va zamoniy ishlab chiqarish talablari bilan tanishishdan iborat.
Tashrif Vilnius Texnika Universiteti rahbariyati tominidan yuqori saviyada tashkil etilgan bo'lib, tashrifning birinchi qismi korxona tarixi, faoliyati va yutuqlari bilan tanishish bilan boshlandi. Korxonaning Innovatsion loyihalar bo'limi rahbari Nerijus Sykas hamrohligida ishlab chiqarish jayoni va tayyor mahsulotlar bo'limi bilan tanishildi. Tashrif natijalari bo'yicha tashkil etilgan amaliy seminar savol-javob bilan ishtirokchilarda katta qiziqish o'yg'otdi.
Treningning navbatdagi kuni VGTU institutining Mexanika fakultetida davom etadi.