Qidirish

Yangiliklar

24-09-2022 1001

Innovatsion laboratoriya ochildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 19-21 sentabr kunlari Erasmus Plus ELBA loyihasi doirasida “Markaziy Osiyoda katta maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish boʻyicha oʻquv va ilmiy markazlar va kurslarni ishlab chiqish – ELBA” loyihasi doirasida loyiha boshqaruvi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Yevropa va Markaziy Osiyodagi hamkorlar tomonidan loyihaning borishi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Universitetda ERASMUS PLUS loyihalari doirasidagi o‘quv va ilmiy markazlarning (laboratoriyalarning) tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. TTPUdagi MechaUz loyihasining mahalliy koordinatori Seyran Asanov tomonidan ishtirokchilarga MechaUz loyihasi doirasida tashkil qilingan iLabs namoyish qilindi va tanishtirildi.

Uchrashuvning bir qismida, loyihada ishtirok etuvchi TTPU vakili MechaUz loyihasining yuritilishi, amalga oshirilgan tadbirlar va laboratoriyaning MechaUz loyihasi yordamida tashkil topishi haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.


Facebook | Youtube | Instagram | Telegram